Hujjatga ko‘ra, Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Xolboyeva "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Unga mukofot mamlakat ta’lim tizimidagi samarali mehnati, sportni keng ommalashtirish va rivojlantirish, aholi, xususan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, navqiron avlodni mustahkam irodali, jismonan va ma’nan barkamol etib voyaga yetkazish borasidagi katta xizmatlari, farzandlarni ona vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbida ilm-ma’rifatga intilish, mehnatsevarlik fazilatlarini kamol toptirishga qo‘shgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun berildi.











