Mazkur loyiha Toshkentning Yunusobod tumani 16-mavze ro‘parasida, Uch Qahramon bozori yaqinida Toshkent tumani hududida joylashgan.
“Orzular” loyihasi shunchaki xonadonlar jamlanmasi emas, balki har tomonlama qulay yashash muhiti yaratish uchun ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Uning infratuzilmasi shahar aholisi uchun eng muhim jihatlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan:
– Ikki qavatli yerosti avtoturargohi – avtomobil egalari uchun xavfsiz va qulay joy.
– Eko-hudud – yashil maydonlar, dam olish maskanlari va sayr qilish uchun maxsus ajratilgan joylar.
– Bolalar va sport maydonchalari – turli yoshdagi bolalar hamda sport bilan shug‘ullanishni istaganlar uchun zamonaviy infratuzilmalar.
– Hudud ichidagi do‘kon va tijorat obektlari – xaridlarni uzoqqa bormay amalga oshirish imkoniyatini beradi.
– 24/7 videokuzatuv tizimi va xavfsizlik tizimi – majmuada tinch va xavfsiz yashash sharoiti yaratilgan.
Kompaniya loyihaning keyingi bosqichida nimalarni amalga oshiradi?
Loyiha qurilishi davom etmoqda va yil oxiriga qadar yana to‘rtta blok foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa yangi xonadon xarid qilish maqsadida yurgan insonlar uchun hali ham imkoniyat mavjudligini anglatadi. Xon Saroy qurilish bozorida o‘zini ishonchli va tajribali kompaniya sifatida namoyon etgan. U Ocean, Salom Qo’yliq, Sayram, Diplomat, Pandora, Mega Tower, Ayvon, Xon Saroy, Parlament kabi yirik loyihalarni muvaffaqiyatli yakunlab, mijozlarga sifatli va qulay turar joylarni taqdim etib kelmoqda. Har bir loyiha zamonaviy dizayn, ilg‘or qurilish texnologiyalari va qulay infratuzilma bilan ajralib turadi. “Orzular” loyihasi ham kompaniyaning sifatli va ishonchli turar joylarni taqdim etish an’analarining davomi hisoblanadi.
Xon Saroy – sifati va ishonchliligi bilan tanilgan kompaniya.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: 71 200 74 00 | 55 501 74 00.
Web-sahifa | Telegram | Instagram
Reklama huquqi asosida










