«Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga muvofiq bugungi kunda:
- pensioner O‘zbekistondan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi;
- bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.
- fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasining 24 oyligini olish huquqiga ega.
Pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.











