Islom Jasimov 1957 yil 24 martda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan, 1982 yil Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 

U 1986-2017 yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelgan.

2017 yilda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan, 2017 yildan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Islom Jasimov 1993 yilda «O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i», 2001 yilda «Shuhrat» medali va 2017 yilda «Do‘stlik» ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun «MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi» medali bilan taqdirlangan.