Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, bir tomonlama harakat 4R12 «Toshkent — Chorvoq» va 4R6 «Toshkent — Chirchiq — Chimyon» (G‘azalkentdan keyin, Amirsoy, «Chimyon» va «Bildirsoy» dam olish maskanlariga olib boruvchi) kesishmasidan 4R6 va 4R10 yo‘llari kesishmasigacha (Yusufxona) tashkil etildi.

Shu bilan birga, 4R10 yo‘li bo‘ylab Chorvoq suv ombori yonidagi dam olish maskanlaridan Yusufxona chorrahasiga qaytish mumkin.

Bayram kunlari tirbandlik yuzaga kelmasligi uchun Bo‘stonliq tumani hokimi tomonidan qaror qabul qilindi. Yo‘llarda tegishli belgilar o‘rnatilgan.