Foto: Jazirama va qurg‘oqchilik tufayli Amazonkada baliq va delfinlar halok bo‘lmoqda
|16:55 / 02.10.202323 9293 min
Dunyodagi eng yirik daryo sohillarida yashab kelgan va asosan baliqchilik bilan shug‘ullangan aholi og‘ir ahvolda qolgan. Faqat suv transporti orqali borish mumkin bo‘lgan aholi yashash manzillari tashqi dunyodan uzilib qolgan.
Janubiy Amerikadagi dunyoning eng yirik havzaga ega daryosi bo‘lmish Amazonka butun mintaqa hayotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari issiq harorat va qurg‘oqchilik tufayli Amazonkaning o‘zi, uning irmoqlari va ushbu daryo bilan bog‘liq ko‘llardagi suv sathi kuzatuvlar tarixidagi eng past darajaga tushdi. Sayozlik va suv harorati oshishi Tefe ko‘lida baliqlar va yuzlab delfinlar yoppasiga nobud bo‘lishiga olib keldi. Suv sathi pasayishi daryoda kemalar qatnovini ham qiyinlashtirmoqda, Amazonka yoqasida yashab kelgan va asosiy daromad manbayi baliqchilik bo‘lgan odamlar esa og‘ir ahvolda qolgan. Quyida dunyodagi eng yirik daryodagi qurg‘oqchilik va sayozlik oqibatlari aks etgan suratlar. Olimlarga ko‘ra Amazonkada ro‘y berayotgan holat, katta ehtimol bilan, inson omili tufayli ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishi ko‘rinishlaridan biri sanaladi.
Amazonka daryosining Braziliyaning Manakapuru shahri yaqinidan o‘tgan qismida turgan kema. Daryo sayozlashgani tufayli, faqat suv transporti orqali yetib borish mumkin bo‘lgan ayrim aholi yashash manzillari tashqi dunyo bilan aloqani yo‘qotgan. 2023 yil 27 sentabr
Edmar Barros / AP Photo / Scanpix / LETAAmazonka havzasida, Braziliyaning Manaus shahri yaqinida joylashgan, qurib borayotgan Aleysho ko‘lining yuqoridan ko‘rinishi. 2023 yil 30 sentabr
Raphael Alves / EPA / Scanpix / LETASuv sathi pasayishi va natijada suv resurslari kamayishi, boshqa narsalar qatori, aholining katta qismi baliq ovlash bilan kun ko‘ruvchi mintaqa uchun og‘ir iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Aleyxo ko‘li, Braziliya, 2023 yil 30 sentabr
Raphael Alves / EPA / Scanpix / LETASuv sathi shunchalik pasayib ketganki, Amazonka havzasidagi Rio-Negro daryosida qayiqlar va turar joy vazifasini o‘tagan barjalar quruqlikka chiqib qolgan. Manaus, Braziliya, 2023 yil 29 sentabr
Bruno Kelly / Reuters / Scanpix / LETAAmazonka havzasidagi Solimoes daryosi sayozlashishi baliqlar yoppasiga qirilishiga olib kelgan. Manakapuru, Braziliya, 2023 yil 27 sentabr
Bruno Kelly / Reuters / Scanpix / LETAOlimlarning prognozlariga ko‘ra, Amazonka havzasidagi rekord qurg‘oqchilik kamida 2024 yil yanvariga qadar davom etadi. Manakapuru, Braziliya, 2023 yil 27 sentabr
Bruno Kelly / Reuters / Scanpix / LETA
— Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifoda qilmasligi mumkin.
— Tahririyat bu mavzu bo‘yicha ikkinchi tomonning fikrlariga ham minbar berishga tayyor