Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zimbabve davlat rahbari Emmerson Mnagagvaga vertolyot sovg‘a qildi. Bu haqda Zimbabve Axborot vazirligi xabar berdi.
«Prezident Putin janobi oliylari prezident Emmerson Dambuzo Mnangagvaga vertolyot sovg‘a qildi. U yaqin orada Zimbabvega yetkaziladi», deyiladi xabarda.
Davlat rahbarlarining uchrashuvi 27 iyul kuni Sankt-Peterburgda «Rossiya-Afrika» sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.











