«Fayzullayev – juda iqtidorli va umidli futbolchi. Ammo Rossiya futboli ko‘proq jismoniy kuchga asoslangan. Abbosbek Ispaniyada aniq o‘ynab keta olgan bo‘lardi, Rossiyada esa o‘ynab keta oladimi, bilmayman. Agar TsSKAda o‘ynab keta olsa, aniqki, uni Yevropaga yaxshi narxga sotishadi. Yevrokubok? «Rostov» ham yevrokuboklarda qatnashmasdi, ammo Shomurodov Italiyaga ko‘chib o‘tgandi.

Darvoqe, 4 kundan keyin boshqaruvimdagi «Dinamo» kubok doirasida «Paxtakor»ga qarshi o‘ynaydi. Shunday ekan, men Fayzullayev hali Rossiyaga ketmagan bo‘lsa, uni qanday to‘xtatish mumkinligi haqida o‘ylashimga to‘g‘ri keladi. TsSKA tezroq sotib ola qolsaydi (kuladi)», - deydi Vadim Karlenovich Rossiya nashri muxbiri bilan suhbatda.

Avvalroq, «Paxtakor» yarimhimoyachisi Abbos Fayzullayev 500 ming yevro transfer puli evaziga TsSKAga ko‘chib o‘tayotgani haqida xabar qilingandi.