O‘zbekistonlik ziyoratchilar “Haj – 2023” mavsumini yakunladi va ayni paytda birin-ketin respublikaga qaytishga taraddud ko‘rmoqda.
Bugun, 4 iyul kuni birinchi guruh ziyoratchilar respublikaga qaytib keladi.
Ziyoratchilar poytaxtdagi "Novza" masjididan tartibli ravishda Toshkent xalqaro aeroportiga kuzatilgan edi. Hojilarni kutib olish jarayonini chiroyli tartibda tashkil etish maqsadida, ular aynan shu masjidda kutib olinadi.
Kutib oluvchilardan aeroportga chiqib, ortiqcha ovora bo‘lmaslik, qolaversa, aeroport hududida tirbandlik hosil qilmaslik so‘ralgan.
O‘zbekistonliklar joriy yil 4-22 iyul kunlari Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukusga parvoz qilib, qaytib keladi.











