Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 2023 yilning 30 iyun kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha Toshkent-Termiz yo‘nalishidagi barcha transport vositalarining harakati cheklanadi.

Qayd etilishicha, harakat mazkur yo‘lga yo‘nalishdosh bo‘lgan xalqaro ahamiyatdagi M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 873-882-kilometrlari (9 km) va davlat ahamiyatidagi 4R-29 M34 avtoyo‘li-M39 avtoyo‘li-Qozog‘iston chegarasi yo‘lining 0-7-kilometrlari (jami 16 km.) orqali vaqtincha tashkil etiladi.

Haydovchilarga yo‘l ko‘rsatish maqsadida YPX xodimlari tegishli joylarga xizmatga jalb etiladi.

Mazkur yo‘nalishdan o‘tuvchi haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga va yo‘l belgilarining talablariga qat’iy rioya etish so‘ralgan.