Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 14 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 2023 yil 4 mayda ma’qullangan.
Qonun bilan O‘zbekiston hukumati va Tojikiston hukumati o‘rtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (Dushanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikatsiya qilindi.
Bitimning asosiy maqsadi fors-major holatlarida davlat aviatsiyasi havo kemalarining havo hududi va aerodromlardan foydalanish sohasida o‘zaro hamkorlik qilishning yagona tartibini belgilashdan iborat.
Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda tomonlar davlat havo hududini qisqa muddatli kesib o‘tishga, o‘z aerodromlaridan biriga zaxira sifatida qo‘nish uchun ruxsat berishga haqliligi nazarda tutilgan.











