Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23-25 may kunlari Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur o‘quv mashqi o‘tkaziladigan hududda shartli yong‘in, avariya va evakuatsiya tadbirlari tashkil etilishi mo‘ljallangan.
«Tadbirlar vaqtida vahima qilmaslik, shuningdek, tadbirlarni ommaviy axborot vositalari (internet tarmoqlari) orqali noto‘g‘ri talqin qilib yoritmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi FVV ma’lumotida.











