Xuchiyevning ma’lum qilishicha, Vaynaxavia va Uzbekistan Airways aviakompaniyasi o‘rtasida tegishli kelishuvga erishilgan.

Kelishuv doirasida Uzbekistan Airways Rossiyadagi mintaqaviy vakili bilan yangi xalqaro reysni yo‘lga qo‘yish va parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Qayd etilishicha, parvozlar Toshkentdan Grozniyga va ortga haftasiga ikki marta amalga oshirilishi rejalashtirilgan.