Bunda, Germaniya kompaniyasi O‘zbekiston bilan nou-xao (tijorat sirlari)ni bo‘lishishi ko‘zda tutilmoqda.

Bu haqda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Berlinda o‘tayotgan biznes forum doirasida Kun.uz'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Korxona Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashadi. Uning qurilish ishlarini boshlaymiz va ishlab chiqarishni 2024 yil 1-chorakdan yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi “O‘zeltexsanoat” rahbari.