«Avvallari Moskvaga turli sabablar bilan odatda bir kunga kelardim. Ertalab kelib, kechasi qaytardim. Hozir esa doimiy Moskvada yashayapman», degan Medvedchuk.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi odami ekani aytiladigan Viktor Medvedchuk 2022 yil 21 sentabr kuni asirlar almushinuvi doirasida Mariupol himoyachilari bo‘lgan «Azov» polkining 5 nafar qo‘mondoniga almashilgandi. Turk nashrlari bu almashuv Rossiya tomonining tashabbusi bilan amalga oshirilgani haqida yozgandi.












