Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan tadqiqotchi-mutaxassislar soni matematika, mexanika yo‘nalishida 1,8 ming nafarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, kimyo, farmakologik kimyo yo‘nalishida 2,7 ming nafar, fizika, astronomiya yo‘nalishida 1,4 ming nafar tadqiqotchi-mutaxassislar ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan.
Ushbu ko‘rsatkich yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlardan boshqa sohalarda 3,4 ming nafar tadqiqotchi-mutaxassislarga teng bo‘ldi.










