«Real» futbolchisi milliy jamoa safidagi faoliyatini yakunlaganini rasman ma’lum qildi.
«Bugun sahifalardan biri yopilmoqda... Sevganingiz, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat! 2008 yildan buyon birga baham ko‘rgan baxt uchun tashakkur. Milliy jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. O‘rnimga o‘rinbosarlar tayyor. Sog‘inib qolaman», - deya yozadi Azar.
Ma’lumot uchun, Eden Belgiya safida 126 o‘yinda maydonga tushib, 33ta golga mualliflik qilgan. Azar JCh-2022da milliy jamoasi sardori sifatida to‘p surdi, ammo Belgiya guruhda qolib ketgandi.











