Taqdimot chog‘ida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Amirsoy» tog‘-chang‘i kurortida mehmonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

Krasnoyarsk o‘lkasi turizm agentligi rahbari O.Vosilenko o‘z chiqishida bugungi kunda rossiyalik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishi ancha oshganligini aytdi. U qayd etganidek, Sibir federal okrugi hududidan to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari soni oshirilishi sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Taqdimot yakunida Rossiya mintaqalarida faoliyat olib borayotgan turkompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, kelgusida O‘zbekistonga Rossiyadan uyushgan holda sayyohlarni jalb etishga kelishib olindi.