Qonun loyihasi volontyorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi Yoshlar ishlari agentligini volontyorlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi sifatida belgilashni va uning vakolatlarini ifodalashni nazarda tutadi. Davlat boshqaruv organlarining volontyorlik faoliyati sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu sohadagi vakolatlari takomillashtirilmoqda.

Ishchi guruh yig‘ilishida loyihadagi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning volontyorlik faoliyati sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan norma atroflicha muhokama qilinib, uni takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar berildi.

Qonun loyihasini takomillashtirish ishlari davom etmoqda.