Pilot bosqichda loyiha respublikaning 28 ta hududida (tumanida) sinovdan o‘tkazildi. Uning doirasida 440 nafar volontyor tomonidan aholiga jami 2000 soatdan ortiq yordam ko‘rsatildi, bu esa ijtimoiy volontyorlikni rivojlantirishning dolzarbligi va samaradorligini tasdiqladi.

O‘quv jarayonlari 250 nafar volontyorni qamrab olib, amaliy yordam ko‘rsatish, aholi bilan ishlash va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

«Ishonchim komil, aynan shunday insonlar orqali jamiyatda yangi g‘amxo‘rlik madaniyati shakllanmoqda. Shu bois biz volontyorlar hamjamiyatini ijtimoiy himoya tizimining muhim qismi sifatida rivojlantirmoqdamiz», deb ta’kidladi Shahnoza Mirziyoyeva, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.

«Inson» volontyorlari islohotlar va aholi hayoti o‘rtasida bog‘lovchi ko‘prikka aylanmoqda. Bu ijtimoiy himoya tizimini har bir inson uchun yanada yaqinroq qilish yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir.