O‘zbekistonda qator holatlarda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tkazish rad qilinadi.
Ular quyidagicha:
- so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri ekani yoki to‘liq emasligi Mobil-ID tizimi orqali aniqlanganda;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tkazish uchun belgilangan to‘lov to‘lanmaganda;
- foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tkazish nizom 5-bandiga muvofiq bo‘lmaganda;
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat asli taqdim etilmaganda;
- foydalanuvchi biometrik ma’lumotlari va shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlari mos kelmaganda;
- biometrik ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortganda.
Foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tkazishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Foydalanuvchi kamchiliklarni bartaraf etgan holda istalgan vaqtda Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan o‘tish bo‘yicha qayta murojaat qilishi mumkin. Bunda foydalanuvchini Mobil-ID tizimida identifikatsiyalash umumiy tartibda amalga oshiriladi.










