N. Umarova 1995 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutida bakalavr, 1996 yilda shu oliy o‘quv yurtida internatura, 2001 yilda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida klinik ordinatura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Tibbiyot fanlari nomzodi bo‘lgan mutaxassis bunga qadar Respublika perinatal markazida ultratovush diagnostika shifokori, umumiy bo‘lim shifokori, muassasa qoshidagi Klinik-diagnostika poliklinikasi bo‘limi mudiri, markazning akusherlik va ginekologiya bo‘yicha direktori o‘rinbosari kabi qator mas’uliyatli vazifalarda ishlagan.











