Qayd etilishicha, bugungi kunda mamlakatda 17 mingdan ziyod tadbirkor ayol faoliyat ko‘rsatmoqda.  

“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan 154 085 nafar xotin-qizlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, ular 68 057 nafari bandligi ta’minlandi.

Xotin-qizlar tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlari 300 million AQSh dollari miqdoridagi moliyaviy resurslari jalb etilishi belgilangan.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022 yilda qo‘shimcha 1 trillion so‘m ajratiladi.

2022 yilda mazkur dastur doirasida ajratilayotgan mablag‘lar jami 4 trillion so‘m qismi tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarga yo‘naltiriladi.