2022 yil 9 iyul kuni soat 23-30 larda Yakkabog‘ tumani, “Yangihayot” MFYda yashovchi aka-ukalar kelinining shu mahallada yashovchi erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganidan xabar topib, g‘azab ustida ayolning oyoq-qo‘lini bog‘lab, sochini kesib tashlagan.

So‘ng uni do‘pposlab, tanasining turli qismlariga qamchi bilan muttasil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berishgan. Oqibatda ayol shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Samarqandda ayol va uning o‘g‘li yer talashib boshqa bir ayolni do‘pposlashgandi. Shuningdek, Ko‘kdala tumanidagi dehqon bozori oldida turgan mashinadan pul o‘g‘irlagan shaxs «samosud» qilingandi.