Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotda aytilishicha, vazirlik ushbu hodisani o‘rganib chiqdi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lmaganligi aniqlangan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan daryolar, ariqlar, kanallar, anhorlar va boshqa cho‘milish taqiqlangan suv havzalarida cho‘milmaslikni so‘rab qolgan.











