O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq Zaynilobiddin Shahobbidinovich Nizomiddinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uning iste’fosiga salomatligidagi muammo sabab bo‘lgan.
U boshqa lavozimga o‘tayotgani aytilgan.
Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018 yil avgustida Prezident administratsiyasiga rahbar etib tayinlangandi. O‘shanda Prezident devoni Prezident administratsiyasi sifatida qaytadan tashkil qilingan. U muqaddam Shavkat Mirziyoyevga u bosh vazir bo‘lganida yordamchilik qilgan va O‘zbekiston bosh vaziri kotibiyati mudiri lavozimida ishlagan.











