Jahonning 5-raketkachisi bo‘lib turgan ispaniyalik afsonaviy tennischi finalda norvegiyalik Kasper Ruudni qiyinchiliksiz (6:3; 6:3; 6:0) mag‘lub etib, «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi turnirlarda o‘zining 22-sovriniga ega chiqdi. Bu borada Nadal jahonning eng yaxshi tennischisi sifatida Rojyer Federer va Novak Jokovichni ikkita sovringa ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, Australian Open’da ham g‘olib bo‘lgan Rafael faoliyatida ilk bor katta shlem tasnifidagi dastlabki ikki musobaqada tengsiz bo‘ldi.

Parij, Fransiya. 22 may – 5 iyun
«Katta dubulg‘a» turniri

Mukofot jamg‘armasi – 43 600 000 yevro
Final. 5 iyun
Rafael Nadal (Ispaniya) – Kasper Ruud (Norvegiya)
6:3; 6:3; 6:0.