Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Oksana Chusovitina unda muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Chusovitina tayanib sakrash dasturida qatnashib, 13,433 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u medallar uchun asosiy raqobat olib borgan Vengriya va rossiyalik raqibalarini ortda qoldirishga erishdi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi, Doha.
Tayanib sakrash, ayollar:

1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.433
2. Mariya Baskay (Vengriya) – 13.150
3. Viktoriya Listunova (Rossiya) – 13.133