Finalda YeChL g‘olibi «Chelsi» va Libertadores Kubogi chempioni «Palmeyras» o‘zaro bahs yuritishdi. O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Lukakuning goliga Veyga javob berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Haverts penaltidan g‘alaba to‘pini kiritdi.
Shu tariqa London klubi o‘z tarixida ilk bor ushbu turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Klublar o‘rtasidagi JCh. Final
Chelsi (Angliya) — Palmeyras (Braziliya) 2:1
Gollar: Lukaku (55), Haverts (117, penalti) — Veyga (64, penalti).
12 fevral. Abu Dabi. «Muhammad bin Zayd Stedium»
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Sarr, 91), Kovachich (Ziyosh, 91), Kante, Maunt (Pulishich, 31), Haverts, Lukaku (Verner, 76), Hadson-Odoi (Saul, 77).
Palmeyras – Ueverton, Markos Rosha (Deyverson, 118), Gomes, Luan, Pikeres, Skarpa, Ze Rafael (Jailson, 60), Danilo, Rafael Veyga (Atuesta, 78), Roni (Vesli, 77), Dudu (Rafael Navarro, 103).
Ogohlantirishlar: Uesli (105), Haverts (118).











