Haitidagi Krua-de-Buke qamoqxonasidan qochishga uringan 10 nafar mahbus otib o‘ldirildi. Bu haqda Haiti 24 nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sakkiz mahbus qamoqxonada halok bo‘lgan, ikki nafari shifoxonada vafot etgan.

Ular qamoqdan qochish uchun oshxona va omborga o‘t qo‘ygan.

Politsiya mahbuslarning yonidan olti dona o‘qotar qurol topgan.