Ma'lumotlarga ko‘ra, Parker kompaniya boshqaruvi raisi lavozimini, uning o‘rnini esa kompaniya prezidenti Robert Ays egallaydi.
Parkerning ta'kidlashicha, aviakompaniya bir necha yildan beri rahbariyatni asta-sekin almashtirishni rejalashtirib kelgan va pandemiya bo‘lmaganda bu jarayon ertaroq ham yuz berishi mumkin edi. Uning aytishicha, aviakompaniya pandemiyadan keyin tiklana boshlandi va endi u o‘z vakolatlarini vorisiga bamaylixotir topshirishi mumkin.
Parker American Airlines bosh direktori lavozimini 2001 yil sentyabrdagi teraktlardan bir necha kun oldingina egallagan. Biroq aviakompaniya uning boshchiligida terakt oqibatlarini ham, 2008 yilgi jahon moliya inqirozini ham yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Uning rahbarligi ostida kompaniya US Airways aviakompaniyasi bilan birlashib, fuqarolik aviatsiyasi tarixidagi eng yirik birlashuvlardan birini amalga oshirgan.











