Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida Mehribonlik uylari yopildi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, Buxoro viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi M.Rahmatullayev Bolalar uyidan 5 nafar tarbiyalanuvchini o‘z qaramog‘iga olgan. Qoraqolpog‘istonda Xo‘jayli tuman IIB profilaktika inspektori A.Atamurodov o‘z oilasiga 5 nafar Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisini qabul qilgan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiluvchi Ahmedovlar oilasi ham Bolalar shaharchasidan 6 nafar o‘g‘il-qizni o‘z bag‘riga olgan. Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatida bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 21 nafar tarbiyalanuvchilar o‘z oilasiga ega bo‘lishdi.
Bundan oldin Qoraqalpog‘istonning bir necha tumanida oilaviy bolalar uyi tashkil qilingandi.











