Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 5 noyabr kuni soat 21:00larda, Sho‘rchi tumanida yashovchi, A.Alisher yashash uyida voyaga yetmagan o‘g‘li V.Valisher bilan o‘zaro tortishib, janjallashib qolgan. So‘ng qo‘lidagi osh pichog‘ini otib yuborishi oqibatida V.Valisherning chap biqin qorin bo‘shlig‘iga kirib, tan jarohat yetkazgan.

Qayd etilishicha, 6 noyabr kuni A.Alisherga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.