Hujjatga ko‘ra, ish faoliyati davomida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani hamda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun:
- Xorazm viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Qurbonovga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
- Urganch shahar hokimi Oybek Xolboyevga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
- Xiva shahar hokimi Temur Davletovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Bog‘ot tumani hokimi Shavkat Yaxshiboyevga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Gurlan tumani hokimi Murodjon Ochilovga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Qo‘shko‘pir tumani hokimi Jo‘rabek Rahimovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Urganch tumani hokimi Frunze Sharipovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Hazorasp tumani hokimi O‘ktam Masharipovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Murodbek Davlatovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Hurmat Matrasulovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Shovot tumani hokimi Hakimjon Otaxonovga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
- Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Anvar Davletovga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi;
- Yangibozor tumani hokimi O‘ktamboy Qurbonovga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi;
- Tuproqqal’a tumani hokimi Alisher Salayevga nisbatan o‘rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.











