Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan China International Import Expo (CIIE) ko‘rgazmasida usti to‘liq brilliant bilan qoplangan avtomobil namoyish etildi, deb yozadi Global Times.
Gap kuzovi 400 ming dona brilliant bilan qoplangan Porsche GT3 sport avtomobili haqida bormoqda.
Qayd etilishicha, usta brilliantlarni bir necha oy davomida yopishtirib chiqqan. Avtomobilning narxi ma'lum qilinmagan.
China International Import Expo ko‘rgazmasi 5 noyabrda boshlangan bo‘lib, 10 noyabr kuni yopiladi.











