Qirg‘iziston hukumati hozircha Afg‘onistondagi toliblar hukumatini tan olmaydi. Bu haqda Qirg‘iziston xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Taalatbek Masadikov ma'lum qildi.

“Bugungi kunda biz tomonimizdan toliblarni tan olish to‘g‘risida gap bormayapti”, - dedi u.

Shu bilan birga, Masadikov “Tolibon” vakillari bilan muzokaralarni davom ettirish zarurligini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, toliblarni Afg‘onistonda mavjud muammolar bilan yuzma-yuz qoldirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

“Ularni izolyatsiyada qoldirish kerak emas”, - deb ta'kidladi u.