Endilikda, Toshkent - Riga - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba - dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Ushbu kunlardagi aviaparvozlar quyidagi harakat jadvali bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt): Toshkentdan jo‘nab ketish - 09:30; Rigaga kelish - 12:00; Rigadan jo‘nab ketish - 15:00; Toshkentga kelish - 23:00.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 425 539 so‘mdan (bagajsiz) va 2 798 698 so‘mdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish bo‘yicha aviachiptalar 3 930 368 so‘mdan (bagajsiz) va 4 477 669 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Bundan oldin, Toshkentdan Kiyevga parvozlar soni oshirilishi xabar qilingandi.











