Litvadagi Klaypeda universiteti shifoxonasida shifokorlar erkak oshqozonidan bir kilodan ortiq mix, shurup, gayka va boshqa metall buyumlarni chiqarib olishdi.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, bemor alkogol iste'mol qilishdan voz kechganidan so‘ng bir oy davomida metall buyumlarni yutib yurgan. Ayrim buyumlarning uzunligi 10 santimetrgacha bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, jarrohlik amaliyoti 3 soat davom etgan.

Hozirda erkakning holati barqaror deb baholanmoqda.