Lion prokuraturasi talaba ruhiy ekspertizadan o‘tishi kerakligini talab qilgan. Ekspertiza natijasida yigitning ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanishi kerakligi aniqlangan. U Brondagi Vinatier shifoxonasiga jo‘natilgan.

27 sentyabrda Makronga Liondagi mehmondo‘stlik va umumiy ovqatlanish sohasidagi Eurexpo xalqaro ko‘rgazmasiga tashrifi vaqtida tuxum uloqtirildi. Tuxumni otgan yigit o‘sha ondayoq qo‘lga olingan. Unga “davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi shaxsga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash” ayblovi qo‘yilgan.

Iyulda 28 yoshli Damiyen Tarel Makron Drom departamentida aholi bilan muloqot qilayotgan vaqtda uning yuziga tarsaki tushirgandi. Keyinroq erkak “hokimiyat vakiliga” hujum qilishda aybdor deb topilib, 4 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan.