Uchastka saylov komissiyalari tarkibiga elchixona xodimlari, konsullar, elchixona maslahatchilari, xorijdagi tadbirkor yurtdoshlarimiz, madaniy markaz vakillari, “Uzbekistan Airways” va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining o‘zbekistonlik talabalari kiritilgan.
“Dunyo” AA mazkur uchastka saylov komissiyalari joylashgan manzillarning elektron xaritasini ishlab chiqdi.
Quyidagi ilovaga kirib, yaqin bo‘lgan uchastka saylov komissiyasi haqidagi ma'lumot bilan tanishish mumkin.












