Ma'lum qilinishicha, joriy yil 11 sentyabr kuni soat 1:00 larda Shahrisabz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 1050 qisqa raqamiga tumani Pillakashlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro murojaat qilgan. U sigiri hovlisida qazilgan chuqurligi 4 metr bo‘lgan quduqqa tushib ketgani hamda uni olib chiqishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur murojaat yuzasidan, tuman yong‘in-qutqaruv otryadi aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida sigir quduqdan chiqarib olingan.