Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro X.A. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga murojaat qilgan. U murojaatida, tanishi M.Mo‘minov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida ishlashini aytib, unga uy-joy olib berishni va'da qilib 11 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib olganini bayon qilgan.
Agentlikning shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan mazkur holat bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, taqdim qilingan hujjatlar asosida Yakkasaroy tuman IIB tomonidan fuqaro M.Mo‘minovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.











