Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish bo‘limi inspektori X.B. fuqaro N.ning qarindoshining Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidagi o‘qishini vakolatli tanishlari orqali universitetning “Mehnat” fakultetiga 2-bosqichdan ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan (https://t.me/Department_uz/836).
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi va boshqa bir fuqaro o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olayotganda ushlanganligi xabar qilingan edi.










