Aniqlanishicha, “Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali xodimlari tomonidan tabiiy gaz sarfini hisobga oluvchi “Fossa” dasturiga yuqoridagi tadbirkorlik sub'yektlari hisobiga qariyb 903 million so‘mlik noreal qarzdorlik kiritilgan.
Ushbu holat yuzasidan Biznes-ombudsman tomonidan “Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali mansabdor shaxslari va boshqalarning harakatlariga qonuniy baho berish va ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish taklifi viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Biznes-ombudsmanning taklifi bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilib, “Hududgaz Jizzax” gaz ta'minoti filiali, “Hududgaz Metrologiya” filiali Jizzax bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











