Departamentning M.Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro G.U. bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga tanishlari orqali Sergeli tumani hududidan yangi qurilgan uylardan imtiyozli narxlarda uy olib berish evaziga har biridan 850 AQSh dollaridan hisoblab jami 313,5 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











