Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar bo‘limi hamda DXXning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar fuqaroni 18 ming AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lumotga ko‘ra, fuqarolar G. R. va J.S.lar oldindan til biriktirib, ikki nafar fuqaroni vakolatli tanishlari orqali evaziga xorij universitetlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan.
Ular 18 mingdan 5,8 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.











