Lokdaunni 28 iyundan bekor qilish rejalashtirilgan edi. Biroq mamlakatda 26 iyunda 5,8 mingta yangi kasallanish holati qayd etilgach, karantinni uzaytirishga qaror qilindi.
Yassin kunlik kasallanish holatlari 4 mingtadan kamaysa, karantin choralarini bekor qilish masalasi qayta ko‘rib chiqilishini aytgan.
May oyida Malayziya bosh vaziri 12 maydan 7 iyungacha navbatdagi cheklovlar kiritilishini e'lon qilgan. Jumladan, jamoat tadbirlari o‘tkazishga, restoranlarga borishga, favqulodda vaziyatlar, ish, emlash va boshqa o‘ta zarur holatlardan tashqari shtatlar va hududlar ichida harakatlanishga taqiqlov kiritilgan.











