Bu maqsadda 17 iyun soat 9:22da Gansu provinsiyasidan Shenzhou-12 fazoviy kemasi orbitaga uchiriladi.
Ushbu missiya Xitoyning uchinchi koinot stansiyasini qurish uchun amalga oshiriladigan 11 missiyadan uchinchisi bo‘ladi.
Stansiya qurilishi aprelda boshlangandi. O‘shanda orbitaga stansiyaning uch modulidan eng yirigi Tianhe uchirilgan. Shenzhou-12 ekipaji ushbu modulda 3 oy yashaydi.
Stansiyani 2022 yil oxirigacha qurib bitkazish rejalashtirilgan.











