Murat Kamalov davlat rahbarining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigida “Maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi e'tibordan chetda qolmaydi. Ularning har biri xalqimiz, Vatanimizning cheksiz mehri va yuksak e'tiborini his qilib yashaydi. Sizlarning hayotda o‘z munosib o‘rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etadi” — deya katta e'tibor ko‘rsatib, bitiruvchi yoshlarga yuksak ishonch bildirganligini ta'kidladi.

Ma'lumot uchun, 46-sonli maktabda 152 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitirmoqda. Ular orasida 9 o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan bitirgan. 12 o‘quvchi muddatidan oldin AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, BAA, Janubiy Koreya, Singapur kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga kirdi.