Ma'lum qilinishicha, Kogon-Qiziltepa yo‘nalishida harakatlanib kelgan «Tracker» mashinasi tuman hududidan o‘tgan 4R-63 avtomobil yo‘lining 24-kilometrida yuqori tezlik tufayli yo‘ldan chiqib ketgan.

Mashinadagi yo‘lovchilardan 2 nafari voqea joyida, 1 nafari esa shifoxonada vafot etgan. Hozirda holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 
Avvalroq Karmana tumanida mast holdagi 58 yoshli fuqaroni «Matiz» mashinasi urib yuborgan, oqibatda u shifoxonada vafot etgandi.